675 24.06.2026
Surxondaryoning Oltinsoy tumanida o‘rganishlarini boshlagan Nigora Lutfullayeva “Katta Vaxshivor” mahallasi aholisi murojaatlarini o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, bahorda yuz bergan kuchli jala mahallaga tortib kelingan ichimlik suvi quvurini oqizib ketgan. Qishloq ahli shu kungacha hashar yo‘li bilan yetti kilometr uzunlikdagi suv quvurini o‘zlari qayta tiklagan. Lekin qolgan to‘rt kilometrga kelganida imkoniyat topolmagan.
Deputat ushbu masalani joyiga chiqib o‘rgandi va mas’ullar bilan uchrashib, qolgan ishlarni mahalliy byudjet hisobidan yakunlashga kelishdi. Rasmiylar bu ishlarni bir haftaga qolmay yakunlab berishga va’da berishdi.