916 24.06.2026
Fraksiyamiz a’zolari Bahodir Mamatxonov va Kozimjon Tojiyevlarning Navoiydagi o‘rganishlari viloyat Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi faoliyatini o‘rganishdan boshlandi. Chunki bunday insonlar uchun munosib sharoitlarni yaratish “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyilining bosh maqsadi hisoblansada, ushbu yo‘nalishdagi ishlar barcha joylarda ham birdek olib borilmayapti.
O‘rganishlardan aniqlandiki, yiliga 3 mingdan ziyod nogironlarga xizmat ko‘rsatayotgan muassasaga lift o‘rnatilmagan. Sovitgichlar yetarli emas, borlari ham talab darajasida ishlamaydi. Oshxonasi allaqachon ta’mirtalab bo‘lib qolgan. Sog‘lomlashtirish yo‘lagi qurilishi esa mablag‘ yetishmovchiligidan chala qolgan. Deputatlar muammolarni obdon o‘rganib, ularni tezroq hal etilishini nazoratga oladigan bo‘ldi.