“Xudoyorxon o‘rda”sida uchrashuv


474     24.06.2026

Sayyora Jumayeva Farg‘onadagi o‘rganishlarida dastlab Qo‘qonda “Ustozlarni yo‘qlab” loyihasi doirasida partiya faxriylari va yoshlar bilan uchrashdi. So‘ngra yoshlar jinoyatchiligi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi hamda “Deputat va yoshlar” sayyor qabuli tashkil etildi.

Deputat, shuningdek, Qo‘qondagi madaniy meros obyektlarining bugungi holati bilan tanishdi. Jumladan, “Xudoyorxon o‘rda”sida soha vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda shahardagi tarixiy obidalarni asrab-avaylash, ta’mirlash va kelajak avlodlarga yetkazish, turizm imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha mavjud muammolar muhokama qilindi.