1-sinf qabulida ayrim ota-onalar sarson bo‘lmoqda


706     25.06.2026

Bulung‘ur tumani “Beshkuvi” mahallasi aholisi soni ko‘paygani sari infratuzilmaga bo‘lgan yuklama ham oshib boryapti. Jumladan, avvalo transformator quvvati oshirilishi kerak. Internet tezligi ham talabga javob bermaydi. Tumanda o‘rganishlar olib borayotgan Azamat Pardayevning mahalla faollari bilan uchrashuvida ushbu masalalar ko‘tarildi.

Deputat 12-sonli maktabda “Dolzarb 90 kun” doirasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi. Jamoa bilan uchrashuvda o‘qituvchilar 1-sinfga qabul jarayonida kadastr bilan bog‘liq muammoni ko‘tardi. Tartibga ko‘ra, bola qayerda ro‘yxatda turgan bo‘lsa, o‘sha yerdagi maktabga qabul qilinadi. Lekin bugun ko‘pchilik turli sabablar bilan rasmiy ro‘yxatda turgan joyida yashamaydi va bu ayrim ota-onalarga farzandini maktabga joylashtirishda muammolar tug‘dirmoqda. O‘qituvchilar ushbu masalani ko‘tarib, tegishli idoralar bu masalada huquqiy yechim berishi kerakligini taʼkidladilar.