“Bobur”ning ko‘pchilik havas qiladigan bog‘chasi


448     25.06.2026

Go‘zal Samiyeva Sho‘rchi tumanidagi o‘rganishlari doirasida mahalliy deputatlar hamrohligida dastlab 7-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi, so‘ngra “Bobur” mahallasidagi xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi. “Bugun baʼzi bog‘chalar bolalarni shunchaki kechgacha ushlab turish maskani sifatida faoliyat ko‘rsatayotgani bor gap. Lekin “Bobur”dagi bog‘chada bunday muammoga duch kelmadik. Bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar – taʼlim-tarbiya jarayoni, erkin fikrlashi va barkamol avlod bo‘lib ulg‘ayishi zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilganini alohida eʼtirof etdik”, – deydi deputat. 

Qonunchilik palatasi vakili mahalliy deputatlar bilan ham uchrashib, Kengash faoliyati, deputatlarning aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, hududda amalga oshirilayotgan tashabbus va kelgusidagi rejalarni muhokama qildi.