Astroturizm sayyohlikning eng noyob va kamyob yo‘nalishi hisoblanadi. Boisi dunyoda sayyoralar harakatini yaqindan kuzatib, zavq oladigan sayyohlik manzillari sanoqli. Qamashi tumanidagi baland tog‘ platosida joylashgan Maydanak observatoriyasi ana shunday manzil hisoblanadi. 1970-yilda barpo etilgan Maydanak dengiz sathidan 2700 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, texnologik jihatdan dunyodagi eng oldi observatoriya hisoblanadi.
Maydanakda bo‘lgan Jahongir Mamajonov observatoriyaning turizm imkoniyatini o‘rgandi. 2023-yilda bu borada boshlangan ishlar bugun yakuniy bosqichda. 80 kilometrli yo‘l taʼmirlanib, o‘tov uylar barpo etilganidan so‘ng sayyohlar soni keskin oshdi. Ayni paytda 60 gektarli katta maydonda vertolyot qo‘nish maydonchasi, kottej va kapsula uylar barpo etilmoqda.