Oltinsoyda qiladigan ishlar ko‘p ekan


897     26.06.2026

Surxondaryoning Oltinsoy tumanidagi 57-sonli oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishgan Abdulhakim Eshboyev muassasa binosi taʼmirlanishi kerak degan xulosaga keldi. Ayni paytdagi holat bilan aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatib bo‘lmaydi. Mazkur masalada mutasaddilar bilan gaplashgan deputat poliklinika kelasi yilda taʼmirlanishini maʼlum qildi.

Deputat Xalqobod mahallasidagi ko‘prik holatini ham o‘rganib, u ham talab darajasida emasligini taʼkidladi. Aholining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun ko‘prik ham zamonaviy talablar asosida qayta qurilishi kerak. Demak, deputatning Oltinsoyda qiladigan ishlari ko‘p ekan.