479 29.06.2026
Sanoat xavfsizligi talablarini buzish inson o‘limi yoki boshqa og‘ir holatlarni keltirib chiqarsada, buning uchun jinoiy javobgarlik belgilanmagan va bu bunday holatlar ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. 2023-2026 yillarda sodir bo‘lgan 21 ta avariya holatidan 67 nafar fuqaro vafot etgan, 95 kishi jarohat olgan.
Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokoma qilingan qonun loyihasi bilan sanoat xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash taklif etilyapti. Shuningdek, jarimalar miqdori keskin oshirilyapti.