1876 29.06.2026
Mamlakatimizdagi ko‘pqavatli uylarning aksariyati 1991-yilgacha qurilgan bo‘lib, bugun ularning eskirgan infratuzilmasi doimiy taʼmirlashni talab etadi. Bu esa kommunal xo‘jaligi xodimlariga katta masʼuliyat yuklaydi. Biroq soha xodimlarining mehnati alohida rag‘batlantiruvchi davlat faxriy unvoni mavjud emas.
Yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan kommunal xo‘jaligi xodimi” faxriy unvonini taʼsis etish haqidagi qonun loyihasi muhokama qilinib, maʼqullandi.