Azaliy hamkorlikning istiqbolli ufqlari


2321     09.07.2026

Bugungi murakkab va tez o‘zgarayotgan xalqaro munosabatlar tizimida davlatlarning barqaror taraqqiyoti ko‘p jihatdan ishonchli hamkorlar bilan o‘rnatilgan mustahkam munosabatlarga bog‘liq. Ayniqsa, o‘zaro ishonch, tenglik va manfaatlar uyg‘unligiga asoslangan sheriklik nafaqat iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydi, balki xalqlar o‘rtasidagi ma’naviy yaqinlikni mustahkamlab, uzoq muddatli hamkorlik uchun ishonchli poydevor yaratadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, O‘zbekiston va Belarus Respublikalari o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda mazmun va sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, ko‘p qirrali strategik sheriklikning yorqin namunasiga aylanmoqda.

O‘zbekiston azaldan turli millat va elat vakillari tinch-totuv, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhitida yashab kelayotgan ko‘p millatli mamlakat sifatida dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallaydi. Bugun yurtimizda yuzdan ortiq millat va elat vakillari yagona Vatan ravnaqi yo‘lida bir tanu bir jon bo‘lib mehnat qilmoqda. Ular uchun milliy tili, madaniyati, urf-odatlari va an’analarini asrab-avaylash, rivojlantirish hamda kelgusi avlodlarga yetkazishga qaratilgan mustahkam huquqiy va tashkiliy asoslar yaratilgan. Ana shu bag‘rikeng muhitda yashab kelayotgan belarus millati vakillari ham mamlakatimiz ijtimoiy hayotining ajralmas qismiga aylangan. Ular ilmfan, ta’lim, tibbiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik, madaniyat va san’at kabi sohalarda faol ishtirok etib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda. Bu esa ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik va o‘zaro hurmatning amaliy ifodasidir. So‘nggi yillarda yuritilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini sezilarli darajada oshirdi. Dunyo mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan mazkur siyosat doirasida Belarus bilan munosabatlar ham mutlaqo yangi mazmun kasb etdi. Davlat rahbarlarining muntazam muloqotlari, hukumatlararo komissiyalar faoliyati, amaliy tashriflar va yuqori darajadagi kelishuvlar hamkorlikning huquqiy va institutsional asoslarini yanada mustahkamladi.

Bugun O‘zbekiston va Belarus munosabatlari faqatgina diplomatik muloqotlar bilan cheklanib qolmayapti. Ular siyosiy hamjihatlik, savdo-iqtisodiy sheriklik, sanoat kooperatsiyasi, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, madaniyat va gumanitar sohalarni qamrab olgan keng qamrovli hamkorlik tizimiga aylandi. Eng muhimi, mazkur munosabatlar zamon talablariga mos raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalar, kreativ industriyalar va turizm kabi istiqbolli yo‘nalishlar hisobiga yanada boyimoqda.

Strategik sheriklikning eng muhim belgisi — uning barqarorligi va o‘zaro ishonchga tayanishi. O‘zbekiston va Belarus munosabatlari aynan ana shu tamoyillarga asoslangani bilan alohida ahamiyatga ega. Ikki davlat bir-birini ishonchli hamkor sifatida qabul qilib, xalqaro tashkilotlar doirasida ham muhim tashabbuslarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu esa hamkorlikning uzoq istiqbolga mo‘ljallangan strategik xususiyat kasb etayotganini anglatadi.

Bugungi globallashuv sharoitida davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni faqat savdo aylanmasi yoki imzolangan kelishuvlar soni bilan baholab bo‘lmaydi. Zamonaviy diplomatiyaning haqiqiy qiymati insonlar, jamiyatlar va madaniyatlarni bir-biriga yaqinlashtirish qobiliyati bilan o‘lchanadi. Shu ma’noda, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida shakllangan ko‘p qirrali hamkorlik ikki mamlakatning milliy manfaatlarini ta’minlash bilan birga Yevroosiyo makonida barqarorlik, o‘zaro anglashuv va ishonch muhitini mustahkamlashga ham munosib hissa qo‘shmoqda.

Ishonch va sheriklik ruhiga tayangan taraqqiyot modeli

Har qanday strategik sheriklikning hayotiyligi, avvalo, uning amaliy natijalari bilan o‘lchanadi. Agar siyosiy muloqot munosabatlarning yo‘nalishini belgilasa, iqtisodiy hamkorlik uning barqarorligini ta’minlaydi. Shu ma’noda, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida shakllangan savdo-iqtisodiy munosabatlar ikki davlat hamkorligining eng mustahkam ustunlaridan biri hisoblanadi.

So‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar mutlaqo yangi bosqichga chiqdi. Hamkorlik an’anaviy eksport-import munosabatlari doirasidan chiqib, qo‘shma ishlab chiqarish, sanoat kooperatsiyasi, yuqori texnologiyalar, logistika va investitsiyaviy loyihalarni qamrab olgan keng ko‘lamli tizimga aylanmoqda. Bu esa mamlakatlar iqtisodiyotining bir-birini to‘ldiruvchi imkoniyatlariga tayanayotganini ko‘rsatadi.

E’tiborli jihati shundaki, bugungi hamkorlik faqat mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bilan cheklanib qolmayapti. Tomonlar raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalar, “yashil” texnologiyalar, sun’iy intellekt va zamonaviy logistika tizimlari kabi yangi yo‘nalishlarda ham o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga alohida ahamiyat qaratmoqda. Bu esa sheriklikning nafaqat bugungi kun ehtiyojlari, balki kelajak taraqqiyotiga ham xizmat qilayotganini anglatadi.

Iqtisodiy munosabatlarning haqiqiy qiymati ularning inson farovonligiga qo‘shayotgan hissasi bilan belgilanadi. Yangi ish o‘rinlari, zamonaviy texnologiyalar, raqobatbardosh mahsulotlar, malakali mutaxassislar va innovatsion ishlab chiqarish — bularning barchasi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy samarasi. Demak, iqtisodiy sheriklik nafaqat ikki mamlakat byudjetlarini boyitadi, balki odamlarning turmush sifati yaxshilanishi, yangi imkoniyatlar eshigi ochilishiga ham xizmat qiladi.

Aynan shu jihat O‘zbekiston va Belarus munosabatlarining eng muhim xususiyatini namoyon etadi. Bu hamkorlik uzoq istiqbolni ko‘zlagan, o‘zaro ishonch va sheriklik ruhiga asoslangan taraqqiyot modeliga tayanmoqda. Shu bois, bugun shakllanayotgan iqtisodiy aloqalar kelajakda yanada yirik investitsiyaviy loyihalar, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ilg‘or texnologiyalarning hayotga tatbiq etilishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Madaniyat — xalqlarni birlashtiruvchi eng buyuk diplomatiya

Bugungi globallashuv davrida davlatlarning xalqaro maydondagi nufuzini belgilaydigan omillar orasida iqtisodiy salohiyat yoki harbiy qudratning o‘zi yetarli emas. Zamonaviy dunyoda mamlakatning haqiqiy obro‘si uning madaniyati, ma’naviy merosi, ilm-fani va insonparvarlik g‘oyalarini qay darajada dunyoga yetkaza olishi bilan ham o‘lchanadi. Shu bois, xalqaro munosabatlarda tobora keng qo‘llanilayotgan “yumshoq kuch” konsepsiyasi davlatlar tashqi siyosatining muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda.

2018 va 2025-yillarda O‘zbekistonda tashkil etilgan “Belarus madaniyati kunlari”, 2019 va 2023-yillarda Belarus mezbonlik qilgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” ana shu hamkorlikning eng yorqin ifodasi o‘laroq, xalqlarimizning madaniy yaqinligini yanada mustahkamladi. Bu tadbirlar faqat konsert yoki ko‘rgazmalardan iborat emas. Ular millatlarning tarixi, qadriyatlari, san’ati va ma’naviyati bilan yaqindan tanishish imkonini beruvchi ulkan muloqot maydoniga aylandi.

“Yumshoq kuch” bu — ishontirish, o‘zaro anglashuv, hamjihatlik falsafasi. Uning eng ta’sirchan vositasi esa madaniyatdir. Chunki madaniyat tillar tarjimoniga muhtoj emas. Musiqa qalbga hissiyot orqali yetib boradi. Teatr inson taqdirini ko‘rsatadi. Kino millatning ruhini namoyon qiladi. Adabiyot esa xalqning tafakkuri va hayot falsafasini dunyoga tanitadi. Shu ma’noda aytish mumkinki, madaniyat xalqlarning bir-birini anglashiga xizmat qiladigan eng ta’sirchan diplomatiya.

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi munosabatlarda ham aynan madaniy-gumanitar hamkorlik strategik sheriklikni mazmunan boyitayotgan muhim omillardan biriga aylandi. Chunki davlatlar o‘rtasidagi rasmiy kelishuvlar siyosiy munosabatlarni mustahkamlasa, madaniyat xalqlar qalbi o‘rtasida mustahkam ko‘prik qurib beradi. Ana shu ko‘prik orqali ishonch, hurmat va samimiyat avloddan avlodga o‘tadi.

Davlatlarimiz o‘rtasida madaniyat sohasida shakllangan huquqiy asoslar bugun ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlar, vazirliklar o‘rtasidagi kelishuvlar, muntazam amalga oshirilayotgan qo‘shma dasturlar madaniy diplomatiyaning izchil va tizimli rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

2018 va 2025-yillarda O‘zbekistonda tashkil etilgan “Belarus madaniyati kunlari”, 2019 va 2023-yillarda Belarus mezbonlik qilgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” ana shu hamkorlikning eng yorqin ifodasi o‘laroq, xalqlarimizning madaniy yaqinligini yanada mustahkamladi. Bu tadbirlar faqat konsert yoki ko‘rgazmalardan iborat emas. Ular millatlarning tarixi, qadriyatlari, san’ati va ma’naviyati bilan yaqindan tanishish imkonini beruvchi ulkan muloqot maydoniga aylandi.

Ayni kunlarda Belarus Respublikasida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” ham ana shu ezgu an’ananing mantiqiy davomidir. Dastur doirasida o‘zbek kinosi namunalari namoyishi, “Yangi O‘zbekiston” fotoko‘rgazmasi, milliy san’at ustalari ishtirokidagi katta konsert dasturi hamda ikki mamlakat madaniyat muassasalari vakillari ishtirokidagi uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bu tadbirlar orqali Belarus jamoatchiligi yangi O‘zbekistonda kechayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar, milliy madaniyatimizning boyligi va xalqimizning ezgu qadriyatlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Madaniyat kunlarining eng katta ahamiyati shundaki, ular davlatlar o‘rtasida emas, avvalo, insonlar o‘rtasida muloqotni kuchaytiradi. Birgalikda tinglangan kuy, bir sahnada ijro etilgan qo‘shiq, birgalikda tomosha qilingan film yoki ko‘rilgan spektakl ba’zan o‘nlab rasmiy uchrashuvlardan ham ko‘proq samimiyat uyg‘otadi. Chunki san’at insonni millatga qarab emas, qalbiga qarab birlashtiradi.

Bu borada xalqaro festivallar ham xalq diplomatiyasining samarali vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston ijodkorlarining “Slavyanskiy bazar” xalqaro festivalidagi muvaffaqiyatli ishtiroki ikki mamlakat madaniy aloqalarining amaliy samarasini namoyon etmoqda. Ayniqsa, 2024-yil mazkur festivalning eng oliy mukofoti — Gran-prining o‘zbekistonlik yosh iste’dod Yasmina Husniddinovaga nasib eskirmaydigan, vaqt va makon chegaralarini tan olmaydigan bebaho boylikdir. Davlatlarimiz o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik aynan ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayangani bilan ham alohida ahamiyatga ega. U bugungi do‘stlikni mustahkamlash bilan cheklanmay, kelajak avlodlar uchun ham o‘zaro hurmat, ishonch va hamjihatlikka asoslangan munosabatlar maktabini yaratmoqda.

Zero, siyosiy qarorlar davrni belgilashi, iqtisodiy loyihalar esa taraqqiyot sur’atini tezlashtirishi mumkin. Ammo xalqlarning qalbini qalbga bog‘laydigan, ularni umumiy qadriyatlar atrofida birlashtiradigan yagona qudrat bu — madaniyat. Shu bois, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi madaniy diplomatiya bugun ikki davlat munosabatlarining eng barqaror, hayotbaxsh va istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida tobora mustahkamlanib bormoqda.

Bugungi munosabatlar faqat ikki davlatning manfaatlarini uyg‘unlashtirish bilan cheklanmaydi. Ular zamirida xalqlarning o‘zaro hurmati, tarixiy xotirasi, ezgu qadriyatlarga sadoqati va kelajakka umumiy ishonchi mujassam. Ana shu ma’naviy asos esa har qanday kelishuv yoki iqtisodiy loyihadan ko‘ra mustahkamroq.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida shakllangan strategik sheriklik yangi bosqichga chiqmoqda. Uning asosiy xususiyati shundaki, hamkorlik muayyan sohalar bilan cheklanib qolmayapti. Aksincha, u siyosatdan iqtisodiyotga, ilm-fandan innovatsiyalarga, madaniyatdan inson kapitaligacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarni qamrab olgan yaxlit taraqqiyot modeliga aylanmoqda. Bu esa munosabatlarning uzoq muddatli strategik maqsadlarga tayanayotganini anglatadi.

Ayniqsa, keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qo‘shma tashabbuslar, yirik investitsiyaviy loyihalar, madaniy almashinuvlar, ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik dasturlari ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitmoqda. Mazkur jarayon nafaqat davlat institutlari, balki ishbilarmon doiralar, ilmiy jamoatchilik, ijodkorlar va eng muhimi, ikki xalqni yanada yaqinlashtirayotir.

Yangi O‘zbekistonning ochiqlik, konstruktiv muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan tashqi siyosati Belarus bilan munosabatlarni bundanda yuksak bosqichga olib chiqish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Ulardan samarali foydalanish, mavjud sheriklik aloqalarini yanada chuqurlashtirish va uni yangi tashabbuslar bilan boyitish mamlakatlarning umumiy taraqqiyotiga xizmat qilishi shubhasiz.

Zero, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni tarix yaratadi, siyosat yo‘naltiradi, iqtisodiyot mustahkamlaydi. Ammo ularning umrini xalqlar belgilaydi. Xalqlar bir-birini qanchalik yaxshi anglasa, bir-birining madaniyati va qadriyatlarini qanchalik yuksak qadrlasa, hamkorlik shunchalik barqaror va uzoq umr ko‘radi.

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklik ham aynan ana shu mustahkam poydevorga tayanadi. Bugun qurilayotgan ishonch ko‘prigi, amalga oshirilayotgan qo‘shma tashabbuslar va xalqlar o‘rtasida mustahkamlanayotgan do‘stlik rishtalari ertangi kun taraqqiyoti uchun ishonchli zamin yaratadi. Bu esa strategik sheriklik tushunchasining rasmiy hujjatlar doirasidan chiqib, xalqlar taqdiri, umumiy maqsadlar va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan hayotiy voqelikka aylanayotganining yorqin tasdig‘idir.

 

Ozodbek Nazarbekov,

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi a'zosi