Xorazmda deputatlar uchun o‘quv-seminar va jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi


468     10.07.2026

Urganch shahrida “Jamoatchilik nazoratini ta’minlashda deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish va parlament hamda mahalliy vakillik organlari o‘rtasidagi hamkorlikning zamonaviy mexanizmlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova, mahalliy Kengash deputatlari va ekspertlar ishtirok etib, xalq vakillari faolligi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida partiyamiz uchun g‘oyat dolzarb bo‘lgan “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar ijrosi yuzasidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Yakunda ishchi guruh tomonidan Xiva shahar va Yangiariq tuman Kengashlaridagi MTDP guruhlari faoliyati joyida o‘rganilib, deputatlarga amaliy ko‘mak berildi.