1873 04.08.2026
Yalpi majlisda yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi. Loyiha bilan tegishi qonunlarga:
⚠️ - voyaga yetmaganlarga mashina rulini berish transportni 6 oydan 1 yilgacha vaqtincha olib qo‘yish, 20,6 mln so‘m jarima yoki 15 sutkaga qamash;
⚠️ - noqonuniy poyga tashkil etganlar va ishtirokchilarga 10,3 – 61,8 mln so‘m jarima solish yoki 15 sutkaga qamash yoxud 2 yilgacha transportni boshqarish huquqidan mahrum qilish;
⚠️ - yuk mashinalarini kechasi yo‘l chetida xavf tug‘diradigan holatda to‘xtatish yoki tashlab ketganlarga 2 mln so‘m jarima solish;
⚠️ - transportni belgilangan tezlikdan 80 km/soatdan oshirganlarni "prava"sidan 6 oyga mahrum qilinib, 26,8 mln so‘m jarima solish;
‼️ Shuningdek, belgilangan tezlikni 40–80 km/soat oralig‘idagi kattalikda oshirganlar uchun jarimani 10,3–18,5 mln so‘mga oshirish taklif etilyapti.