"Milliy tiklanish" OAVda


196     10.10.2024

   Umida RAHMONOVA:

    – Partiyamizning “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” shiori milliy va zamonaviy taraqqiyot uyg‘unligida jonajon O‘zbekistonimizni qudratli davlat, xalqimizni farovon bo‘lish yo‘lidagi birlashtiruvchi daʼvatdir.

   Partiyaning 2025-2029-yillarga mo'ljallangan Saylovoldi dasturida yetti yo‘nalishda 100 dan ortiq muhim taklif va tashabbuslar ilgari surilgan.

   Partiya nashri “Milliy tiklanish” gazetasining dizayn ko‘rinishi ham zamonaviy shaklga keltirilib, hozirda 20 mingdan ortiq nusxada chop etilyapti va gazetaning har bir saylov uchastkasiga yetib borishi taʼminlanyapti. 

   Shu bilan birga partiyaning www.mt.uz veb-sayti yangi zamonaviy ko‘rinishda yanada takomillashtirildi. Sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga shu kunga qadar 4100 dan ortiq targ‘ibot materiallari, postlar, infografikalar joylashtirildi.