Endi “svetofor”ni “yo‘lchiroq” deb atang!


1639     11.08.2026

Qonunchilik palatasi yalpi majlisi Davlat tili bilan bog‘liq qonun loyihasi muhokamasi bilan boshlandi. Loyiha bilan qonunchilik hujjatlaridagi xorijiy tillardan o‘zlashgan so‘zlarni quyidagi o‘zbekcha muqobili bilan almashtirish taklif etilyapti.
 

“markirovka” – “tamg‘alash”,
“parol” – “o‘ron”,
“marshrut” – “yo‘nalish”,
“avans” – “bo‘nak”,
“svetofor” – “yo‘lchiroq”,
“kovorking-markazi” – “ish markazi",
“progressiv” – “ilg‘or”.

Qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi va Senatga yuborildi.