1927 12.08.2026
Ayni paytda Markaziy kengashda O‘quv-tadqiqot va tahlil markazi tomonidan tashkil etilgan “Islom moliyasining zamonaviy moliya tizimidagi o‘rni, qulaylik va noqulayliklari” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tyapti. Tadbir mehmoni: Buyuk Britaniyaning Durham universiteti Biznes maktabi magistratura talabasi, ekspert Shukrullo Nurmatov.
Markaziy banki maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yilning I choragida mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi 11,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 8 baravar ko‘p.