Maydonchadagi loqaydlik


1474     12.08.2026

"Essiz shuncha mehnat, mablag‘, essiz saʼy-harakatlar". Sirdaryoning Oqoltin tumanidagi sport maydonchalari holatini o‘rgangan viloyat Kengashi deputati Norbobo Soatovning dastlab dilidigan o‘tgan bu so‘zlar tiliga ko‘chdi. Tegishli idora masʼullariga butunlay taʼmirtalab holatga kelgan sport maydonchalari sharoitlarini tezda yaxshilash, jumladan, shikastlangan “trenajyor”larni taʼmirlash, ko‘chib ketgan rezina qoplamalarni almashtirish va kesib ketilgan tungi yoritish chiroqlarini tiklash bo‘yicha topshiriq berdi.

"Ushbu sport maydonchalari obodonlashtirish korxonasi balansida bo‘lsada, bu idora ularni saqlash va nazorat qilishni o‘z holiga tashlab qo‘ygan", – deydi deputat.