1014 13.08.2026
Andijon viloyat Kengashi deputat Zardunoy Ismoilova tashabbusi bilan Jalaquduq tumani "So‘fiqishloq" mahallasining 80 nafar xotin-qizlari bandligi taʼminlandi. Ayollar hududdagi “Melek tekstil” tikuvchilik korxonasiga doimiy ishga joylashtirildi va barqaror daromadga ega bo‘ldi.
Eʼtiborlisi, ishga joylashganlarning aksariyatini partiyaning “Xizmat – beminnat” loyihasi doirasida bepul tikuvchilik sirlarini o‘rganganlar tashkil etadi.