156 10.10.2024
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Yangi O‘zbekiston islohotlarida kuchli va tom maʼnoda “Xalq uyi” deb ataladigan milliy parlamentga bo‘lgan ehtiyoj tobora kuchaymoqda. Shu bilan birga joylarda aholi manfaatini har narsadan ustun qo‘yadigan mahalliy Kengash deputatlariga talabni ham orttiryapti.
Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumanida partiya elektorati bilan bo‘lgan uchrashuvda so‘zga chiqqan Markaziy kengash raisi o‘rinbosari Mirodil Abdurahmonov yuqoridagi fikrlarni taʼkidlarkan, kuchli partiyalarni kuchli deputatlar va albatta, partiyalarning maʼlum bir muddatlarga mo‘ljallangan dasturlari shakllantirishini qayd etdi.
– Ana shu talabdan kelib chiqib, partiyamizning 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturini ishlab chiqdik va bugun saylovchilar eʼtiboriga havola qilinyapti, – dedi Mirodil Abdurahmonov ishtirokchilarni dastur mazmun-mohiyati bilan tanishtirarkan.
Uchrashuvda deputatlikka nomzodlar ham so‘zga chiqib, saylovchilarni o‘z dasturlari bilan tanishtirdilar. Elektorat vakillari esa partiya g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, surxondaryoliklarni ham “Milliy tiklanish” va uning nomzodlariga ovoz berishga chaqirdi.