1482 18.08.2026
Butunjahon hunarmandchilik kengashi (WCC) Samarqand shahrini “Butunjahon hunarmandlar shahri” deb eʼlon qildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda WCC Prezidenti Saad Hani al-Qaddumiy shahar hokimiga bu haqdagi hujjatni topshirdi.
Ushbu maqom Samarqand uchun xalqaro darajadagi eshiklarni yanada keng ochadi. Jumladan, mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini dunyo bozorlariga olib chiqish, xorijiy sayyohlarni jalb etish, xalqaro ko‘rgazma va festivallarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi.