Xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


126     11.10.2024

   Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakillari bilan uchrashgan partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov mehmonlarga saylov tizimidagi o‘zgarishlar, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Saylovoldi dasturi hamda ayni paytda o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot jarayonlari haqida gapirib berdi.

   – Dasturda barkamol avlod salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida tarbiya va taʼlimga ustuvorlik berilgan. Milliy madaniyat va maʼnaviyatni rivojlantirish, qadriyatlarni asrash, oilani mustahkamlash, ayollar, yoshlarga munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha ham muhim taklif va tashabbuslar ilgari surilgan, – dedi Alisher Qodirov.

   Mehmonlarga, shuningdek, deputatlikka nomzodlarni saralash, tayyorlangan targ‘ibot materiallari, jarayonlarning OAVda yoritilishi bo‘yicha ham maʼlumotlar berildi.