Yana bir natijasiz o‘rganish bo‘lmasin


1510     25.08.2026

Pasdarg‘om tumanidagi Bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini o‘rgangan Samarqand viloyati kengashi ishchi guruhi bir qator kamchiliklarni aniqladi. 32-sonli maktabning tomi taʼmirtalab, yoritish chiroqlari eskirib bo‘lgan, musiqa asboblari yetishmaydi. 100 o‘rinli maktabda 316 nafar o‘quvchi sanʼat sirlarini o‘rganayotgani ham muammo. 23-son musiqa va sanʼat maktabida ham xuddi shunday kamchiliklar aniqlandi.
 

Maktab maʼmurlari muammolarni ochiq ko‘rsatdi, kamchiliklarni yashirmadi. Chunki bir necha yildan buyon muammolar faqat o‘rganilyapti, xolos. Zora, bu gal natijasi bo‘lsa...