Odamlarni rozi qilish g‘oyasi mavsumiy emas


1922     03.09.2026

“Milliy tiklanish” fraksiyasi aʼzolari shu kunlarda “Tashabbusli byudjet”da yetarlicha ovoz ololmagan loyihalarni o‘rganmoqda. Maʼlumki, quyi palata deputatlariga ana shunday loyihalardan birini qo‘shimcha moliyalashtirish imkoniyati berilgan. Shu maqsadda Shovot tumaniga borgan Jumanazar Otajonov “Bo‘ston” va “Mevazor” mahallalarida bo‘ldi.
 

“Mevazor”da 2 kilometrli yo‘lga asfalt yotqizilish lozim. “Bo‘ston”da esa Begyop kanalining 1 kilometri betonlashtirilishi kerak. Lekin bu loyihalar yetarlicha ovoz to‘play olmadi. Deputat ushbu loyihalar bilan tanishib, aholining fikrini eshitdi, masʼullar bilan gaplashdi.