1834 03.09.2026
Nukus shahrida bo‘lgan Ruslan Jumamuratov “Naupir” mahallasining 2 kilometrli yo‘liga asfalt yotqizish, “Janabazar”dagi ochiq suv havzasi atrofini esa o‘rab olish bilan bog‘liq masalalarni joyiga chiqib o‘rganib, masʼullar bilan suhbatlashdi.
Ushbu loyihalarning “Tashabbusli byudjet”ga qo‘yilgani bejiz emas. “Naupir”lik o‘quvchilar maktabga qatnashda hamon qishda loy, yozda esa chang kechmoqda. Suv havzasi atrofi tezroq yopilmasa, biron falokat yuz berishi mumkin.
Bu borada tegishli idoralarga murojaat qila-qila charchagan aholi ushbu masalalarni “Tashabbusli byudjet”ga qo‘ygan edi. Lekin yetarlicha ovoz to‘planmadi. Aholi esa endi “Milliy tiklanish” deputatiga umid qilib turibdi.