1840 04.09.2026
Farg‘ona shahrida “Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lmagan loyihalar bilan tanishayotgan Nodirbek Tilavoldiyev dastlab “Huvaydo” mahallasidagi mavjud muammolarni o‘rgandi. So‘ng Marg‘ilonga borib, 27-sonli bog‘chani taʼmirlash bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishdi. “Maorif” mahallasida esa fuqarolarni qiynab kelayotgan elektr energiyasi bilan bog‘liq masala ko‘tarildi.
Muammoning kelib chiqish sabablari, mavjud infratuzilmaning holati va uni bartaraf etish imkoniyatlari masʼullar ishtirokida muhokama qilindi.