Yosh parlamentariylar yig‘ilishi


1595     04.09.2026

Samarqandda Parlamentlararo Ittifoqning yosh parlament aʼzolari XII global konferensiyasi boshlandi. “Murakkab davrda inson huquqlari, adolat va inson qadr-qimmatini tiklash yo‘lida” mavzusida o‘tkazilayotgan anjumanda 58 ta mamlakat va 11 ta xalqaro tashkilot vakillaridan iborat 250 ga yaqin ishtirokchi qatnashyapti.
 

Konferensiya doirasida inson huquqlari va yoshlarning siyosiy ishtiroki, ijtimoiy adolat, raqamli xavfsizlik, taʼlim va munosib mehnat, yosh ayollarning siyosiy faolligi, shuningdek, parlamentlarning global muammolarni hal etishdagi roli kabi qator muhim masalalar muhokama qilinmoqda. Anjumanda partiyamizning Yoshlar parlamenti aʼzolari ham ishtirok etmoqda.