Har bir deputatga 3,3 milliard so‘m


1293     04.09.2026

Fraksiya aʼzosi Zuhra Mirg‘oziyeva Yuqori Chirchiq tumanida "Tashabbusli byudjet"da yetarlicha ovoz to‘play olmagan loyihalarni joyiga chiqib o‘rgandi. Masʼullar bilan uchrashib, ijtimoiy ahamiyati muhim bo‘lgan loyihalarni qo‘shimcha moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
 

Maʼlumki, Prezidentning 2025-yil 29-avgustdagi qarori bilan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga "Tashabbusli byudjet"da g‘olib bo‘lmagan loyihalarni moliyalashtirish uchun yiliga ikki mavsum uchun davlat byudjetidan 3,3 milliard so‘m miqdorda mablag‘ ajratilishi belgilangan.