Murojaatlar ortida inson taqdiri bor


1592     04.09.2026

Nazira Muxtorova Jizzaxdagi o‘rganishlarida “Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lmagan loyihalarni o‘rganish bilan birga sayyor qabullar tashkil etishga ham eʼtibor qaratdi. Viloyatdagi "Xalq qabulxonasi"da o‘tkazilgan ana shunday tadbirda 30 dan ziyod fuqaro murojaati tinglandi. Mehnat qonunchiligi, xotin-qizlar haq-huquqi, ishga joylashish, muhtoj aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy daftarlarga kirish masalalari murojaatlarning asosiy qismini tashkil etdi.
 

“Xalq roziligi – eng oliy mezon. Har bir murojaat esa biz uchun masʼuliyat, nazorat va amaliy harakatga daʼvatdir, – deydi Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi.