1309 07.09.2026
Yangi taʼmirdan chiqqan 30-sonli maktabning ichki romlari almashtirilmagan. Agar ushbu muammo tezda hal etilmasa, o‘quvchilar sovuq xonalarda dars o‘tishga majbur. “Taraqqiyot” mahallasining Vatanparvar va Istiqlol ko‘chalari ham taʼmirlanishi kerak. Aks holda aholi bu yilgi kuz-qishda loy kechadi.
Sirdaryo tumanida “Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lmagan loyihalar bilan tanishayotgan “Milliy tiklanish” fraksiyasi aʼzosi Sherzod Qulmatovning deputatlar uchun ajratilgan qo‘shimcha mablag‘ni qaysi loyihaga sarflashni bilmay boshi qotgan. Hali oldinda bundanda muhim loyihalar bor.