Bolalar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi


1615     07.09.2026

Dilnoza Azizova tegishli mutasaddilar ishtirokida Namangan viloyati bolalar kutubxonasi faoliyatini o‘rgandi. Jumladan, yosh kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, kitob fondi, zamonaviy axborot-resurslaridan foydalanish imkoniyatlari hamda yoshlar uchun tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bilan tanishdi.

Kutubxona xodimlari va kitobxonlar bilan suhbatlashilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va muammolari eshitildi. Ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, hal etish yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.