2044 07.09.2026
Sharof Rashidov tuman tez tibbiy yordam markazining asosiy binosi 1956-yilda hashar yo‘li bilan qurilgan bo‘lib, bugun seysmik xavfsizlik talablariga mutlaqo javob bermay qolgan. Lekin 70 yil oldin qurilgan bino ostida yuzlab tibbiyot xodimi hamon yurak hovuchlab mehnat qilyapti, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Fraksiyamiz aʼzosi Nazira Muxtorova "Tashabbusli byudjet"da g‘olib bo‘lmagan loyihalar bilan tanishuvi chog‘ida viloyat hokimligi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi masʼullari hamrohligida ushbu masalani ham o‘rgandi. Markaz uchun zamonaviy, barcha talablarga javob beradigan yangi bino qurish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.