1676 07.09.2026
Fraksiyamiz aʼzosi Vasila Fayziyeva bu safar Qibray tumanidagi "Tashabbusli byudjet"da yetarlicha ovoz to‘play olmagan loyihalarni o‘rgandi. Jumladan, hokimlik mutasaddilari bilan birgalikda “Taraqqiy” mahallasidagi yo‘l taʼmiri bilan bog‘liq loyihani joyiga chiqib o‘rgandi.
"Albatta, ovozga qo‘yilgan barcha loyihalar muhim. Lekin biz avvalo ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan loyihalarga eʼtibor qaratishimiz lozim", deydi Vasila Fayziyeva.