1518 07.09.2026
Sudyalarning erkin va adolatli bo‘lishi ularning har jihatdan himoya qilinishiga ham bog‘liq. Bu amaldagi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinyapti. Biroq bugun bu kasb egalari maqomini alohida qonun bilan oshirish ehtiyoji paydo bo‘ldi va loyiha tayyorlandi. Fraksiyada “Sudyalarning maqomi to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi muhokama qilinib, birinchi o‘qishda maʼqullandi.
Loyiha bilan sudyalik uchun yosh chegarasi 35 dan 30 yoshga tushirilyapti. Sudyani 10 yillik muddatga tayinlash tartibi bekor qilinib, dastlab 5 yilga, keyinchalik muddatsiz davrga tayinlash tartibi joriy etilyapti. Shuningdek, 21 fevral – Sud organlari xodimlari kuni etib belgilash taklif etilyapti.