G‘ozg‘onliklar “Milliy tiklanish” va uning nomzodlariga ovoz beradi


178     14.10.2024

   Bugun iqlim o‘zgarishi insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammoga aylandi va bundan Markaziy Osiyo ham xoli emas. Mintaqamizda havo haroratining ko‘tarilishi jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar yuqori bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda favqulodda issiq kunlar soni ham ortib boryapti.

   G‘ozg‘on shahrida saylovchilar bilan uchrashgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzod Kozim Tojiyev ushbu fikrlarni taʼkidlarkan, yuqoridagi muammodan kelib chiqib, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Saylovoldi dasturida mavsumiy anomal iqlim holatlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularning xavfini kamaytirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish taklifi ilgari surilganini taʼkidladi.

   – Anomal iqlim bilan bog‘liq hodisalar nafaqat iqtisodiy rivojlanishimizga, balki aholimiz salomatligi, qolaversa, milliy genofondimizga ham salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin, – dedi nomzod saylovchilarni dastur bilan tanishtirarkan.

   Uchrashuvda shahar Kengashiga ko‘rsatilgan nomzodlar Moʻtaram Ergasheva hamda Dilorom Egamovalar ham so‘zga qilib, saylovchilarni o‘zlarining dasturi bilan tanishtirdi. So‘zga chiqqan mahalla faollari, oqsoqollar, pedagoglar g‘ozg‘onliklar 27-oktyabr kuni “Milliy tiklanish” va uning nomzodlariga ovoz berishga ishonch bildirdi.