Shofirkonning g‘olib bo‘lmagan loyihalari o‘rganilmoqda


1608     08.09.2026

Maʼlumotlarga ko‘ra, Shofirkon tumanida “Tashabbusli byudjet”ga qo‘yilgan 119 ta loyihadan 14 tasi g‘olib bo‘lgan, xolos. Ushbu tumanda bo‘lgan Maxsud Muhammedov partiyaviy yo‘nalishlardan kelib chiqib, yetarlicha ovoz ololmagan o‘nlab loyihalarni joyiga chiqib o‘rgandi.
 

Deputat, shuningdek, 26-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda “Zarafshon” mahallasida “Tashabbusli byudjet”ning birinchi mavsumida qo‘llab-quvvatlangan loyihalar ijrosi bilan ham tanishdi. Hozirda uzoq yillar qarovsiz qolgan bog‘cha va stadion zamonaviy talablar asosida taʼmirlanmoqda.