Endi “zangori olov” isrof bo‘lmaydi


1554     09.09.2026

Deputatlarimiz “Tashabbusli byudjet”da yetarli ovoz ololmagan loyihalardan birini qo‘shimcha moliyalashtirish uchun tanlay boshladilar. Jumladan, Shaxnoza Joldasova bir necha kunlik o‘rganishlardan so‘ng Qonliko‘l tumani, Qiyotjarg‘an qishlog‘idagi eskirgan gaz quvurlarini to‘liq taʼmirlash loyihasini tanladi.

Sababi maʼlum: quvurlar shunchalik eskirganki, birgina avgust oyida yetkazib berilgan 20 387 kub metr gazning 15 893 kub metri havoga sovurilgan. Bu bitta tuman bo‘yicha gaz sizib chiqishining naqd 9 foizi degani.