Oltinsoyda 3600 xonadon intiq kutgan kunlar yaqin


1992     10.09.2026

Abdulhakim Eshboyev Surxondaryoning Oltinsoy tumanida “Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lmagan takliflar orasidan “Obshir”, “Xidirsho”, “Marmun” va “Mo‘minqul” mahallalarida oqova suv taʼminotini yaxshilash bilan bog‘liq loyihalarni tanlabdi. 1,6 milliard so‘m mablag‘ aholi tomorqasiga suv olib kelish ishlariga sarflanadi. Buning uchun artizan quduqlari qaziladi va sug‘orish infratuzilmasi yaxshilanadi. 

Albatta, loyiha amalga oshsa, 3600 xonadon dasturxoni nafaqat shaxsiy tomorqada yetishtirilgan mahsulotlar bilan to‘ladi, balki ortig‘i bozorlarga ham olib chiqiladi. Bu yana qo‘shimcha daromad degani.