1646 10.09.2026
Azamat Pardayev “Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lmagan loyihalarni qo‘shimcha moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘ni Oqdaryo tumanidagi 11-sonli oilaviy poliklinikani joriy taʼmirlash, Jomboydagi 45 va 1-sonli maktablarga olib boruvchi yo‘lda piyodalar yo‘laklarini barpo etish hamda Bulung‘urdagi Lalmikor mahallasida zamonaviy mini-stadion qurishga yo‘naltiradigan bo‘ldi.
“Albatta, “Tashabbusli byudjet”ga qo‘yilgan har bir loyiha muhim. Lekin ular orasida bugun hal qilinishi kerak bo‘lganlari borki, kechiktirilsa muammo yanada gazak oladi. Ana shunday muammolarni joyiga chiqib, ipidan-ignasigacha o‘rgandim”, – deydi “Milliy tiklanish” fraksiya aʼzosi.