1602 10.09.2026
Surxondaryoning Sariosiyo tumanida "Tashabbusli byudjet"da g‘olib bo‘lmagan loyihalarni o‘rgangan Go‘zal Samiyeva bu safar bir o‘q bilan sakkiz “quyon”ni urishga qaror qildi. Aholi, masʼullar bilan maslahatlashgan holda ikkinchi mavsumda o‘nga yaqin mahalla aholisini elektr taʼminotidagi uzilishlar bilan bog‘liq muammodan xolos qiladigan bo‘ldi.
Jumladan, Bog‘ishirin, Shabnam, Niloba, Maʼdankon, Saʼdiy Sheroziy, Do‘stlik, Chilonzor va Konchilar mahallalarining qishloqlariga 800 million so‘mga 250 kV quvvatli transformator sotib olinadi. Elektr simlar yangilanib, temir-beton tayanchlari o‘rnatiladi.