1341 ta xonadonga toza suv yetkaziladi


1605     11.09.2026

Zuhra Mirg‘oziyeva "Tashabbusli byudjet" bo‘yicha Yuqori Chirchiqdagi “Kavardan” mahallasida ichimlik suvi quvurlarini yangilash va aholiga toza "hayot manbai"ni yetkazish loyihasini tanlabdi. Mahallaning 1 341 ta xonadoniga toza suv yetkaziladi va buning uchun 1 648 000 000 so‘m sarflanadi.
 

Deputat: “Oldimizda yo‘llarni, bog‘cha va maktablarni taʼmirlash, jihozlash bilan bog‘liq ko‘plab loyihalar bor edi. Lekin ular orasida avvalo ichimlik suvi bilan bog‘liq loyihani eng muhim deb bildim. Odam sog‘lom bo‘lishi uchun avvalo toza suv zarur. Sog‘liq esa eng oliy va bebaho neʼmat hisoblanadi. Inson sog‘lom bo‘lsagina, yaxshi mehnat qiladi, zavqlanib yashaydi, maqsadiga erishadi”.