1571 11.09.2026
Jahongir Shirinovning saʼy-harakati bilan Jondor tumanidagi “Po‘loti” mahallasidan o‘tuvchi 2,5 km yo‘l taʼmirlanib, asfalt qilinadigan bo‘ldi. Loyihaning ahamiyati ushbu yo‘l orqali uchta mahalla aholisi tuman markaziga, bolalar esa bog‘cha, maktablarga qatnaydi. Buning uchun 1,6 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi.
“Bu shunchaki yo‘l taʼmiri emas. Bu odamlarning, ayniqsa, bolalarning xavfsiz va qulay harakatlanishini taʼminlaydi. Zero, aholi manfaati qog‘ozda emas, amaliy natijada namoyon bo‘lishi kerak”, – deydi “Milliy tiklanish” fraksiyasi aʼzosi.