Taʼlim xarajatlari 12,4 foizga oshdi


2027     14.09.2026

Hukumat tomonidan tayyorlangan hisobotga ko‘ra, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil va keng ko‘lamli islohotlar natijasida hisobot davrida YAIM 8,5 foizga o‘sib, 1 072,7 trln so‘mga yetdi. Aholi daromadi 16,6 foizga oshdi.
 

Taʼlim tizimiga ajratilayotgan mablag‘ miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 trln so‘mga yoki 12,4 foizga oshib, 49,5 trln so‘mni tashkil etdi. Xarajatlarning 68,7 foizi umumiy taʼlimga, 18,6 foizi maktabgacha taʼlimga va 12,7 foizi esa kadrlar tayyorlashga yo‘naltirildi.