“Milliy tiklanish” taklifi inobatga olindi


1624     14.09.2026

“Milliy tiklanish fraksiyasi taklifi bilan sudyalarni boshqa lavozimga o‘tkazishda uning qo‘lidagi ishlar yakuniga yetgan-yetmagani inobatga olinadi. Fraksiyada sudyalar faoliyati bilan bog‘liq qonun loyihasi muhokamasida bu haqda maʼlum qilindi.

Loyihaning birinchi o‘qish jarayonida fraksiya tomonidan yangi qonunda aynan bu haqda norma kiritish talabi qo‘yilgan edi.