Kun tartibida yoshlar siyosati


1726     17.09.2026

Markaziy kengashda "Yoshlar qanoti" faoliyatini yanada rivojlantirish, ushbu yo‘nalishdagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish va bu borada yangi loyiha, tashabbuslarni ishlab chiqish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi. Toshkent shahar Kengashi Yoshlar qanoti faollari uchun tashkil etilgan tadbirda yoshlar taʼlimi sifatini oshirish, bandligini taʼminlash, zamonaviy kasblarga yo‘naltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Talabalar turar joylaridagi mavjud muammolarni o‘rganish, ularning taklif va murojaatlarini eshitish, aniq muammolar asosida amaliy takliflar ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi. Yakunda partiya safiga yangi aʼzolar qabul qilindi.