Sulaymon Boqirg‘oniy muammolari


2035     17.09.2026

El orasida “Hakim ota” nomi bilan mashhur bo‘lgan Sulaymon Boqirg‘oniy majmuasida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida turli davrlarga oid inshootlar borligi aniqlangan. Lekin ularni to‘liq o‘rganish va hududni kengaytirishda ayrim muammolar bor. Masalan, g‘arbiy qismda keyingi yillarda qo‘yilgan oltita qabr tarixiy obidani tadqiq qilishga xalaqit beryapti.
 

Mo‘ynoq tumanida o‘rganishlar olib borgan Alisher Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh majmua bilan bog‘liq muammolarni o‘rgandi. Hududni sayyohlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi. Maʼlumki, alloma islom dini va tasavvuf taʼlimotini odamlarga xalqchil tilda tushuntirishga xizmat qilgan qo‘shiq va dostonlar yaratib, turkiy xalqlar maʼnaviy merosida muhim iz qoldirgan