Yoshlar ko‘proq yoshlar haqida o‘ylarkan


1880     18.09.2026

Yoshlar ko‘proq yoshlarni o‘ylaydi, tushunadi degan gap bejiz aytilmas ekan. Buning isbotini Qoraqalpog‘istonda o‘rganishlar olib borayotgan Shaxnoza Joldasovaning bu safar asosiy eʼtiborni yoshlar hayoti bilan tanishuvga qaratganidan ham bilish mumkin.
 

Qoraqalpoq qizi, Qonunchilik palatasining eng yosh deputatlaridan biri Xo‘jayli tumanidagi 35-sonli maktab va “Qumjiqqin” mahallasida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasbga yo‘naltirish va kelgusida bandligini taʼminlashga qaratilgan ishlar bilan tanishdi. Yoshlar markazida parabadminton bo‘yicha “Besh tashabbus” olimpiadasi g‘olibi Malika Esenaliyeva bilan suhbatlashdi.