Qoraqalpog‘iston turizmdan qancha foyda ko‘rishi mumkin?


2173     18.09.2026

❗️ Agar siz Orol dengizi tarixi va buguni bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, Mo‘ynoqdagi Orol dengizi muzeyiga boring. Agar sizga qoraqalpoq xalqining turmush tarzi qiziq bo‘lsa, Mo‘ynoq ekologiya muzeyini tomosha qiling.

Albatta, vaqtingiz bemalol bo‘lsa, ikkalasiga ham borganingiz maʼqul. Tarix tilsimoti, qadriyatlar beshigi hisoblangan ikki muzey ham shundoq “Kemalar qabristoni” yaqinida joylashgan.

Partiya yetakchisi Alisher Qodirov boshchiligidagi vakillar ushbu muzeylarda bo‘lib, insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik halokat hamda hudud aholisining qadriyatlari bilan eksponatlar orqali tanishdilar.

 
Alisher Qodirov: Qoraqalpog‘istonga har kelganimda turizm imkoniyatlarini
yangidan kashf qilaman. Agar buni xorijliklarga ham ko‘rsata olsak, Qoraqalpog‘istonning sayyohlikdan keladigan foydasi Samarqand yoki Buxoronikidan kam bo‘lmaydi”.