“Milliy tiklanish” uchun har doim tarbiya va taʼlim ustuvor bo‘lgan


156     17.10.2024

   Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar Sho'rchi tumanidagi pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi. Tumandagi 1-son umumtaʼlim maktabida o‘tgan uchrashuvda soha xodimlariga “Milliy tiklanish” partiyasining Saylovoldi dasturida tarbiya-taʼlim bilan bog‘liq ilgari surilgan taklif va tashabbuslar haqida maʼlumotlar berildi.

   Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Nodira Boymurodova dastur bilan tanishtirarkan, “Taʼlim va tarbiya — taraqqiyot poydevori” shiori ostida yosh avlod hayoti va kamoloti, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan farzandlarimizning, avvalo, maktabgacha taʼlim bosqichidanoq aql-idroki va zehnini o‘stirish, maktabgacha va maktab taʼlimi bilan bog‘liq eng ustuvor mezonlar, dolzarb masala va muammolar yechimi qamrab olinganini taʼkidladi.

   – Biz saylovlarda, albatta, “Milliy tiklanish” va uning nomzodlariga ovoz beramiz. Chunki “Milliy tiklanish” uchun har doim tarbiya va taʼlim ustuvor bo‘lgan, – dedi so‘zga chiqqan pedagoglar.