“Olg‘ir”lardan olg‘ir chiqqan deputat


1297     23.09.2026

Toshkent shahridagi tinib-tinchimas deputatimiz Otabek Jiyanbayev yana bir natijaga erishdi. Deputat sa’y-harakati bilan Mirobod tumani “Yangi Mirobod” mahallasidagi futbol maydonchasi nihoyat ta’mirlanadigan bo‘ldi.

Buning uchun poytaxt “cho‘ntagi”dan 250 million so‘m ajratiladi.

Yon-atrofi osmono‘par uylar bilan to‘silgan va har qanday bo‘sh maydonni yamlamay yutadigan “olg‘ir”lardan bugun bu kichik stadionni himoya qilishning o‘zi katta gap edi. Lekin deputatimiz oxirigacha bordi. Masalani shahar sessiyasiga kiritdi, poytaxt hokimligigacha ko‘tardi va e’tibordan qoldirilgan stadionni yana bolalarga zamonaviy ko‘rinishda qaytarishga erishdi.