Ovoz berishdagi adolatsizliklar


1923     24.09.2026

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev: “Tashabbusli byudjet” bo‘yicha bir qator savollar bor va bu asosan ovoz to‘plash jarayoni bilan bog‘liq.

Tahlillardan ma’lum bo‘ldiki, keyingi paytlarda bir kecha-kunduzda 3-4, hatto 7-8 mingta ovoz to‘playotgan loyihalar ko‘paymoqda. Buning sababi esa barchaga ma’lum: bu ma’lum haq evaziga ovoz to‘plab beradigan xizmatlar – botlar ko‘paygani bilan bog‘liq.

Demak, bu borada “Tashabbusli byudjet”ni yanada takomillashtirish ehtiyoji bor.