Qizlari o‘qigan jamiyat...


2014     24.09.2026

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Payshanba – yoshlar kuni munosabati bilan “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Qonunchilik palatasi deputati Zuhra Mirg‘oziyeva qonunchilikda yoshlar hayoti bilan bog‘liq so‘nggi o‘zgarishlar, partiya haqida ma’lumot berdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob ham oldi.

Lekin uchrashuvda talaba onalar uchun yaratilgan sharoitlar masalasi ham ko‘tarildi-yu, gapdan-gap chiqib, universitetda buning uchun maxsus xona tashkil etilmagani oshkor bo‘lib qoldi.


Oliygohda tahsil olayotgan 23 ming nafar talabaning qariyb 70 foizini xotin-qizlar tashkil etayotganini inobatga olsak, universitet ma’muriyati Prezident tomonidan ilgari surilgan “Bilimli qizlar – bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat” degan g‘oyaning mazmun-mohiyatini hali to‘la anglamagan ko‘rinadi.